O’xshamagan shilqimlik ortidan bir ayol go’zallikdan ayrildi

O’xshamagan shilqimlik ortidan bir ayol go’zallikdan ayrildi

«Аyrim shunaqa mavjudotlar borki, ular oʼzini «al..fach» deb oʼylashadi. Har qanday qizga borib gapirdimmi u meni sevib qolishi kerak deb hisoblashadi. Tanishish jarayonida toshingni ter degan javobni olsa agressiyaga oʼtadi. Chunki omadsiz luzerligini miyasi qabul qila olmaydi…»

Faol jamoatchilik blogeri Nurbek Alimov o’z ijtimoiy sahifasida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ayollarga nisbatan yuz bergan «shilqimlik»ka shunday ta’rif beradi.

Shahrisabz shahridagi “KАRАVАN” kafesida bir ayolning xusnini buzib, butun umrlik dahshatlar ichida yashashga majbur qilgan zoʼravon shilqimlarga viloyat IIB tomonidan rasmiy munosabat berildi.

Unda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video tasvirlar viloyatning «Karavan» ovqatlanish shahobchasida bo’lganligi tasdig’ini topgan. Mudhish holatni sodir etganlar esa Kitob tumani, “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro R.D tanishlari bilan Shahrisabz shahridagi “Karavan” nomli oshxonada oʼtirganida, Shahrisabz shahrida yashovchi B.Sh fuqaro R.D va uning tanishlari oʼtirgan oshxona stoliga kelib oʼtirib, turib ketib, biror yetarli sabablarsiz, oshxona stoli tomon ichimlik ichish uchun moʼljallangan shisha idishni otgan.

Natijada shisha idish fuqarolar R.D. va Q.S.larning yuz hamda boʻyin sohasiga kelib tegishi oqibatida tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan fuqaro B.Shga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.