“Ayol- mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli!” targ’ibot dasturida paxtachiliklar ham faol

“Ayol- mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli!” targ’ibot dasturida paxtachiliklar ham faol

Samarqand viloyatida24-iyun kuni “Ayol- mehr, sadoqat, taraqqiyot timsoli!” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan edi.

Unda Samarqand viloyat o‘qituvchilarni yangi pedagogika texnologiyalariga o‘qitish milliy markazi amfiteatrida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Raxmanova, Texnika fanlari doktori professor, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ilm-fan va innovatsiyalarni boshlang‘ich tashkilotlar va NNTlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Norqulova Karima Tuxtabayevna, viloyatning faol xotin-qizlari, shoira va yozuvchilar, xalq ta’limi tizimida faoliyat olib boruvchi pedagog xotin-qizlar, “Zulfiya” mukofoti sovrindorlari, “To‘maris izdoshlari”, ko‘chaboshi ayollar, mahalla va ovullarda faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar hamda “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirga Paxtachi tumanidan ishtirok etgan, 40 yildan ziyod  birga ahl-inoqlikda yashab, eng ibratli, barchaga o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan oila Murtazayev To’lqin va Safarova Sayyoralar oilasi hamda iqtidori ila tengdoshlariga na’muna bo’lib kelayotgan “Paxtachi” gazetasi muxbiri Madina Erkinovalar taqdirlandi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali oilalarda sog‘lom va ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik hissini oshirishdan iborat.

Ibodat Jo’raqulova

Tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i

Foto: viloyat  Oila va xotin qizlar boshqarmasi axborot xizmati.