Toshkentda yetti yoshli qizchaga tegajog’lik qilgan sobiq harbiyning ishi sudga oshirildi

Toshkentda yetti yoshli qizchaga tegajog’lik qilgan sobiq harbiyning ishi sudga oshirildi

Oʻtgan haftada Toshkent shahrining Mirzo-Ulugʻbek tumanida yetti yoshli qizchaga tegajogʻlik qilgan erkak boʻyicha tergov nihoyasiga yetdi. Sudlanuvchi 1968-yilda tugʻilgan, Qibray viloyatida yashovchi Aribjanov X. S. Nemolchi.uz manbasining xabar berishicha, u ilgari Chirchiq shahrida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi qoshidagi boshqarmada harbiy xizmatchi boʻlib ishlagan.

Xabarda keltirilishicha, Aribjonov X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (14 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy ehtiyojlarni gʻayritabiiy shaklda majburlab qondirish) boʻyicha ayblangan. Oʻz qilmishiga javob bera olishi tasdiqlandi. Bu jinoyat 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tergov jarayonida u voyaga yetmaganlarga nisbatan utyasiz hatti-harakatlar qilgani uchun avval ham jinoiy javobgarlikka tortilganligi maʼlum boʻldi (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi). Oʻshanda u bir yil qamoq jazosini olgan. Ehtimol, bunday yengil jazo uni yanada ruhlantirgan. Undan yana qancha bola jabrlangani nomaʼlum, biroq obunachilarimiz uni oʻsha hududda oʻyin maydonchalari yaqinida jinsiy aʼzosini yalangʻochlagan holda bir necha bor koʻrganliklarini yozishgan.