«Yashil makon» borasida prezident qat’iiy shart qo’ydi

«Yashil makon» borasida prezident qat’iiy shart qo’ydi

Prezident mutasaddilarga oʻtgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shartini qoʻydi

Mutasaddilarga barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida koʻchat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup koʻchat yetkazib berish topshirildi.

Tayyorgarlik ishlari, koʻchat tarqatish, ekish jarayonlarini tumanma-tuman televideniye va radio orqali yoritib borish muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari kuzgi mavsumida oʻtgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shart ekaniga eʼtibor qaratdi.

Endilikda qayerga qanday daraxt ekishni  Respublika shtabi belgilab beradi

Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, Oʻrmonchilik institutlari, oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari ham shtabga aʼzo boʻladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi koʻchat turini qancha ekishni belgilab beradi.

Eslatib o’tamiz, 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “Yashil makon” umummilliy loyihasining “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinadi, uning doirasida 85 million tup koʻchat ekish rejalashtirilgan.