Qozog‘iston Google va Amazon bilan superkompyuter yaratmoqchi

Qozog‘iston Google va Amazon bilan superkompyuter yaratmoqchi
Foto: depositphotos.com

Qozog‘iston Google va Amazon bilan superkompyuter yaratish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda respublika Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Xabarda keltirilichicha, vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, kompaniyalar bilan “dastlabki bosqichda” muzokaralar olib borilmoqda.

“Vazirlik tomonidan Qozog‘istondagi maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari va superkompyuterlar loyihalariga Microsoft, Google, Amazon kabi yirik kompaniyalarni jalb etish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, dastlabki bosqichda bir qator kompaniyalar bilan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda superkompyuter loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda”, — deydi vazirlik.
Qozog‘iston yaqinda Presight AI bilan superkompyuter yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ushbu shartnoma boshqa kompaniyalar bilan muzokaralarni bekor qilmaydi.

“Presight ushbu loyihada hamkor bo‘ladi, superkompyuterni qurish va undan foydalanish bo‘yicha loyihaning o‘zi esa barcha xalqaro texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Ularning texnologiyalaridan foydalanishdan tortib, Qozog‘istonda sun’iy intellektni birgalikda rivojlantirishgacha”, — deyiladi xabarda.
Vazirlikka ko‘ra, Qozog‘istonda superkompyuterning yaratilishi respublikaning sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetakchiligini belgilaydi va qo‘shni davlatlarga hisoblash quvvatini ijaraga berish imkoniyatini beradi.

Superkompyuterlar bir zumda katta hajmdagi ma’lumotlarni hisoblab chiqishlari, olimlar va tadqiqotchilarga iqlim ma’lumotlarini tahlil qilish, ob-havoni bashorat qilish va hatto yangi dori vositalarini yaratishda yordam berishi mumkin.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.