Qashqadaryoda maktab direktori ikki o’quvchini bir-biriga urishtirgan

Qashqadaryoda maktab direktori ikki o’quvchini bir-biriga urishtirgan

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida maktab direktori ikki o’quvchini boshini bir-biriga urishtirib, tanbeh berayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan  viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarda keltirilishicha, holat 2023-yilning 13-yanvarida Yakkabog‘ tumanidagi 80-maktabda yuz bergan. 2018-yildan buyon ushbu maktab direktori lavozimida ishlab kelayotgan T.A. 6-sinf (hozirda 7-sinf) o‘quvchilari Q.A. va T.E. sinf partalarini sindirishga uringani uchun ularni urib, tanbeh bergan. Bu muhokamada direktor xonasida kadrlar menejeri va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ham bo‘lgan.

 “Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi o‘quvchilarning kaltaklanishi, majburiy taʼsir o‘tkazish holatini qo‘llab-quvvatlamaydi. O‘z lavozimiga bepisandlik bilan qaragan maktab direktori, ushbu jarayonga aloqador barcha pedagoglarga amaldagi qonunchilikka ko‘ra jazo chorasi qo‘llanishini maʼlum qiladi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda esa ushbu maktab faoliyati alohida tartibda mehnat qonunchiligiga asosan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Holat Yakkabog‘ tuman IIB masʼul xodimlari nazoratiga ham olingan. Bolalar ombudsmanining munosabatida holat  Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan 9-martdan boshlab tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgani hamda Bolalar ombudsmani holat yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirishi aytib o’tilgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.