Zarafshonlik ayol uch egizak farzandni dunyoga keltirdi

Zarafshonlik ayol uch egizak farzandni dunyoga keltirdi

Joriy yil 3-iyun kuni Zarafshon shahrida yashovchi 34 yoshli X. Xamrayeva va uning turmush oʻrtogʻi A. Ahmadovlar bir yoʻla 3 nafar egizakning ota-onasiga aylandi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filialida goʻdaklarning sogʻlom tugʻilishi uchun barcha zarur shart-sharoit hozirlandi. Kesarcha usulda, asoratsiz tugʻuruq amaliyoti natijasida 2555, 2115 va 2055 grammlik 3 nafar, bir nafar qiz va ikki nafar oʻgʻil chaqaloq dunyoga keldi.

Hozirda goʻdaklarning ahvoli yaxshi. Ularning parvarishi hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.