Paralimpiyada bahslarida delegatsiyamiz nechanchi o’rinda?

Paralimpiyada bahslarida delegatsiyamiz nechanchi o’rinda?

Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiada o‘yinlarining 7-kunidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 10-o’rinni qayd etmoqda.

Eng yaqin ta’qibchisi ispaniyalik parasportchilar hisobida 5 ta oltin, 7 kumush va 13 ta bronza medali mavjud.

53 ta oltin, 40 ta kumush va 22 ta bronza, jami 115 ta medal bilan Xitoy delegatsiyasi 1-o’rinda bormoqda.

Parijdagi paralimpiada bahslari 8 sentyabrga qadar davom etadi. Hozirga qadar 67 ta mamlakat vakillarigina medal qo‘lga kiritishni uddaladi.