Ozodbek Nazarbekov “Qirgʻiz Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Ozodbek Nazarbekov “Qirgʻiz Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Ozodbek Nazarbekov “Qirgʻiz Respublikasi xalq artisti”, Nur Omurbayev esa “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlanishdi

Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iz Respublikasining faxriy unvonlarini berish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur farmon bilan Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Qirgʻiz Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston milliy musiqa san’ati institutining “An’anaviy maqom ijrochiligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Farangiz Mahmudovaga “Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni berildi.

Oʻz navbatida Shavkat Mirziyoyev “Qirg‘iz Respublikasining madaniyat va san’at sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar berish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Unga koʻra, T.Satilganov nomidagi Qirg‘iz milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijori Omurbayev Nur Santashevich “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan, Qirg‘iz Respublikasidagi erkin ijodkor, komuz sozandasi Duyshenbek uulu Zakirbek “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.