Ilon Mask ikki yildan keyin Marsga raketa uchirmoqchi

Ilon Mask ikki yildan keyin Marsga raketa uchirmoqchi

Ilon Mask ikki yildan so’ng Marsga Starship raketasini jo’natishga, 20 yildan keyin esa u yerda shahar qurishga va’da berdi.

Birinchi parvozlar uchuvchisiz amalga oshiriladi va agar ular muvaffaqiyatli bo’lsa, keyingi qadam odamlarni jo’natish bo’ladi. Maskning so’zlariga ko’ra, ekipajlar Marsga to’rt yildan so’ng ucha boshlaydi.

Milliarder, shuningdek, g’oya muvaffaqiyatli bo’lishi uchun har bir tonna yukni Marsga yetkazish xarajatlarini 1 milliard dollardan 100 ming dollargacha kamaytirish zarurligini ta’kidladi: bu vazifa «qiyin, ammo imkonsiz emas».