O‘zbekiston shaxmatchilari olimpiadani ildam boshladi

O‘zbekiston shaxmatchilari olimpiadani ildam boshladi

Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 1-turi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

1-turda erkaklar jamoasi Trinidad va Tobagoni 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etdi.

Ayollar terma jamoasi esa Gaitini 4:0 hisobida yirik g‘alaba bilan ortda qoldirdi.