Suzish federatsiyasi mansabdorlari 2 mlrddan ko‘p pulni «jig’ildon»iga urgan

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 2 mlrddan ko‘p pulni «jig’ildon»iga urgan

O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdorlari tomonidan 2 mlrddan ko‘p pul talon-toroj qilingani aniqlandi

Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Suzish sporti uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan federatsiya bosh kotibining oila a’zolari va boshqa jami 15 nafar fuqarolar Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

Shuningdek, amalda o‘tilmagan o‘quv – mashg‘ulot yig‘inlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflanib, talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.