BU QIZIQARLI: Qozog’iston gerbini o’zbekistonliklar ishlab chiqqan

BU QIZIQARLI: Qozog’iston gerbini o’zbekistonliklar ishlab chiqqan

Qozogʻiston Respublikasining hozirgi gerbi oʻzbekistonlik arxitektorlar guruhi tomonidan ishlab chiqilganini va birinchi marta Toshkentda yasalganini koʻpchilik bilmaydi.

1992-yilda Qozogʻiston hukumati mustaqil respublika gerbining loyihasini ishlab chiqish uchun davlat tanlovi eʼlon qiladi. Bundan Toshkentdagi Oʻzbek Ilmiy tekshirish loyiha institutidagi bir guruh arxitektorlar ham xabar topishadi va tanlovda ishtirok etishga qaror qilishadi.

Guruhga Qozogʻistonning Qizil Oʻrda viloyatidan kelib, Toshkentt
arxitektura-qurilish institutini tugatgan va loyiha institutida ishlashga qolgan Jandarbek Malibekov boshchilik qilgan. Qozogʻiston gerbini ishlab chiqqan oʻsha guruhda oʻzbekistonlik arxitektorlar ham boʻlgan.

Fotosuratda Qozogʻiston gerbining mualliflari aks etgan.

Bilgi va fotosurat qozogʻistonlik siyosiy faol Chingiz Aynarbekov ning “Feysbuk” sahifasidan olindi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.