Farg‘onada avtobus portlab ketdi

Farg‘onada avtobus portlab ketdi

Joriy yilning 13-sentyabr kuni soat 19:30 atrofida Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri, “Yorqoʻrgʻon” koʻchasida joylashgan avtomobillar gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida gaz toʻldirayotgan ISUZU avtobusining dvigatel qismida yongʻin sodir boʻldi, deya xabar bermoqda Fargʻona viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati.

Unga koʻra, yongʻin Qoʻqon shahar FVB tomonidan qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va halok boʻlgan fuqarolar qayd etilmagan.