Tadbirkor mahallasi – «Tashabbusli byudjet» qiroli

Tadbirkor mahallasi – «Tashabbusli byudjet» qiroli
Foto: Paxtachi tumani hokimligi axborot xizmati

Paxtachi tumanida shunday mahalla borki, unda istiqomat qiluvchi aholi mahallasi obodligi, o’zlariga munosib turmush sharoiti yaratishda davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishdi.
Davlatimiz tomonidan «Tashabbusli byudjet» loyihasi joriy qilingani beri muntazam ishtirok etib kelayotgan mahalla Paxtachi tumani «Tadbirkor» mahallasi aholisidir. Ushbu mahallaning jami 10 ta loyihasi g’olib deb topildi. Mazkur g’olib loyihalar tufayli mahallaning 5 kilometrdan ortiq yo’li asfalt bo’ldi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 3 ta transformator o’rnatildi. Bir kilometr-u sakkiz yuz metr piyodalar yo’lagi yotqizildi. Tungi yoritish chiroqlari o’rnatilib, bolalar oyingohi barpo etildi.
Bularning barchasida mahallaning tashabbuskorlari, liderlarining hissasi beqiyosdir.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.