Sog’ligi xavf ostida qolgan bolalar endi ota-onasidan olib qo’yiladimi?

Sog’ligi xavf ostida qolgan bolalar endi ota-onasidan olib qo’yiladimi?

O‘zbekistonda hayoti yoki sog’lig’i xavf ostida qolgan bolalar endi ota-onasidan olib qo’yiladimi?

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Unga koʻra, ushbu qonun 2025-yil 15-maydan kuchga kirishi belgilandi.

Bolaning hayoti va sog‘lig‘i bevosita xavf ostida qolganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan amalga oshiriladi.

Qonunning 13-moddasiga ko‘ra, Ichki ishlar organlari bolaga nisbatan zo‘ravonlik va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslikka yo‘l qo‘ygan ota-onalar to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga yuboradi. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, ularni tahlil qiladi.

Bola olib qo‘yilganda vakolatli davlat organi zudlik bilan prokurorga xabar berishi, bolaning vaqtincha joylashtirilishini ta’minlashi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan bolani olib qo‘yish haqida hujjat qabul qilinganidan keyin 7 kun ichida ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat etishi shart.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach, 2025-yil 15-may kuni kuchga kiradi.

Saida Ibodullayeva tayyorladi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.