Paxtachida aliment to’lamagan ota 15 sutkaga «kesildi»

Paxtachida aliment to’lamagan ota 15 sutkaga «kesildi»

Farzandiga aliment to‘lamagan ota 15 sutkaga qamaldi.

MIB Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan qarzdor N.K.dan undiruvchi F.J. foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini qasddan to‘lamasdan kelganligi oqibatida unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudining joriy yil 5 dekabr kuni qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.