Samolyot chiptalariga talabalar uchun 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi

Samolyot chiptalariga talabalar uchun 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi

Uzbekistan Airways oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi.

Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Chegirmali chipta uchun davlat muassasasida oʻqishni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.