Eng katta muz qoyasi harakatlanmoqda

Eng katta muz qoyasi harakatlanmoqda

Sayyoramizdagi eng katta muz qoyasi (iceberg) “A23a” Antarktidada ulkan girdobdan chiqib, harakatlana boshladi. Mazkur ulkan muz qoyasi shimolga qarab siljiyotganligini «BBC» nashriyoti.

“A23a” yana harakatlanayotganini ko‘rish mumkin, – deydi Britaniya Antarktika tadqiqoti (BAS) okeanografi Endryu Mers. – Biz uning Antarktidadan uzilib qolgan boshqa yirik aysberglar bilan bir xil yo‘nalish bo‘ylab ketayotganini bilishga qiziqamiz va bu holat mahalliy ekotizimga qanday ta’sir qilishi muhim.

Ushbu ulkan muz qoyasi Londondan ikki baravar katta va og‘irligi deyarli 1 trillion tonnani tashkil etadi. Uning sirt maydoni taxminan 4 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi va uning qalinligi taxminan 400 metr atrofida. Antarktidadagi Ronne muzligining g‘arbiy qismidan ajraldi va hozir Uyeddell dengizida.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.