Matbuot kotiblarining mavqei va oyligi tushiriladi

Matbuot kotiblarining mavqei va oyligi tushiriladi
Foto: pikabu.ru

Barcha matbuot kotiblarining mavqei tushirilmoqda. Oʻz navbatida oylik maoshlari ham pasaytiriladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror loyihasida keltirilgan.

Bilsangiz, O’zbekistonda matbuot kotiblarining mavqei rahbar oʻrinbosari darajasiga tenglashtirilgan edi. Endilikda esa ular departament rahbari, boʻlim boshligʻi, kotibiyat mudiri, guruh rahbari darajasiga tushirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2019-yildagi PQ-4366-son qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bir vaqtning oʻzida davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari boʻyicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega boʻladi hamda mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra davlat organi va tashkiloti rahbarining oʻrinbosariga tenglashtirilgan edi.

Endilikda esa ushbu maqom oʻzgartirilmoqda. Yaʼni bir vaqtning oʻzida davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari boʻyicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega boʻladi hamda mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlarida departament boshligʻiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida kotibiyat mudiriga hamda tuman (shahar)hokimliklari tuzilmalarida guruh rahbariga tenglashtiriladi.

 

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.