Kaliforniyada 2035 yildan faqat elektromobillar sotuviga ruxsat beriladi

Kaliforniyada 2035 yildan faqat elektromobillar sotuviga ruxsat beriladi

AQSH prezidenti Jo Bayden prezidentlik vakolati tugashi arafasida yana bir muhim hujjatni tasdiqlashga ulgurdi.

U Kaliforniya shtati 2035 yildan boshlab hududda faqat elektromobillar sotuviga ruxsat berilishi haqidagi yangi qonunni qabul qilishga ruxsat berdi. Endilikda shtat ushbu hujjatni mustaqil tasdiqlashi mumkin bo‘ladi.
Hozirda Kaliforniyada shtatida 2 milliondan ortiq elektromobillar hamda 150 mingdan ortiq ommaviy zaryadlash stansiyalari mavjud. Investitsiya rejalariga ko‘ra, kelasi yillarda 250 mingtagacha ommaviy zaryadlovchi qurilma bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga 500 mingdan ortiq uyda xususiy zaryadlovchi qurilmalar ham o‘rnatilgan.
Advanced Clean Cars II reglamentiga ko‘ra, shtatda «havo ifloslanishining eng katta manbai» hisoblangan  to‘liq ichki yonuv dvigatelida yuradigan yangi yo‘lovchi transport vositalarining sotuvi 2035 yilga qadar bosqichma-bosqich to‘xtatiladi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.