Dunyo qilichbozlik sahnasida yurtdoshlarimiz qanday qadam tashlashdi?

Dunyo qilichbozlik sahnasida yurtdoshlarimiz qanday qadam tashlashdi?

Ayni kunlarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogi bellashuvlarida ishtirok etishmoqda.

Jumladan, sablya sport turida Kolumbiyada, BAAda rapira yoʻnalishi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazilmoqda. Dastlabki kun natijalari sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli boʻldi.

Qizlar oʻrtasidagi bahslarda yurtdoshimiz Samira Shokirova bronza medalini qoʻlga kiritdi. Afsuski, yigitlarimiz rapira yoʻnalishi boʻyicha magʻlubiyatga uchrashdi.

Eslatib oʻtamiz, bugun yakkalik janglar boʻyicha Bogotada yigitlar, Fujayrada qizlar oʻrtasida bellashuvlar boʻladi.

Malika MARDONOVA, tayyorladi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.