22 yoshli sayyoh fil hujumidan halok bo’ldi

22 yoshli sayyoh fil hujumidan halok bo’ldi

Tailandda fil hujumi tufayli sayyoh halok boʻldi.

22 yoshli ispaniyalik Blanka Garsiya filni choʻmiltirayotganda hujumga uchragan. Tailandda fillarni cho‘miltirish sayyohlar orasida mashhur mashg‘ulotga aylangan. So‘nggi 12 yilda Tailandda yovvoyi fillar hujumi tufayli 240 ga yaqin odam halok bo‘ldi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.