Mask TikTok’ni sotib olishi borasidagi xazili chinga aylanadimi?

Mask TikTok’ni sotib olishi borasidagi xazili chinga aylanadimi?

 

Agentlik xabariga ko‘ra, Xitoy hukumati AQShda TikTok’ning bloklanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ijtimoiy tarmoqning Amerikadagi bo‘limini Ilon Maskka sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 

Agar bunday kelishuv amalga oshsa, TikTok Maskka tegishli X nazoratiga o‘tishi mumkin. Xitoy ma’muriyati Tramp ma’muriyati bilan tariflar va eksport nazorati masalalarida “murakkab muzokaralar” o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Bloomberg ta’kidlashicha, TikTok bilan bitim “munosabatlarni yaxshilash uchun imkoniyat” sifatida qaralmoqda.

 

O‘z navbatida TikTok vakili Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olishi haqidagi gaplarni “uydirma” deb atadi.

 

AQShda 19-yanvardan TikTok’ni taqiqlash haqidagi sud qarori kuchga kiradi.

 

“Mayli, TikTok’ni bloklamasliklari uchun uni sotib olaman”, — deb yozdi MrBeast X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

 

Blogerning aytishicha, hazil tariqasida yozgan postiga ko‘plab milliarderlar javob qaytargan va unga bu ishda hamkorlik taklif qilgan

 

“Behazil aytsam, birinchi tvitimdan keyin menga ko‘plab milliarderlar yozishdi. Buni amalga oshira olamizmi yoki yo‘q, ko‘ramiz”, — deb yana bir post qoldirdi Mr Beast.

 

Post ostidagi izohlarda Kick striming sayti TikTok’ni 50/50 shaklda sotib olishni taklif qilgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.