Paxtachida temiryo’lga beton bo’lagi qo’yib ketilgani yuzasidan dastlabki ma’lumotlar ochiqlandi

Paxtachida temiryo’lga beton bo’lagi qo’yib ketilgani yuzasidan dastlabki ma’lumotlar ochiqlandi

Beton bo‘lagini urib ketgan “Afrosiyob” poyezdi ma’lum muddat to‘xtab qolgan va manzilga qariyb 1,5 soat kechikib borgan.

«MUHIM24.UZ» ning o’rganishlarida aniqlik kiritilishicha, voqea 2025-yil 14-yanvar kuni soat 23:15 da Paxtachi tumanidagi, Ziyоvuddin va Navoiy stansiyalari o‘rtasidagi 3872 kilometrlik yo‘lda Toshkent-Buxoro yo‘nalishida ketayotgan 772-sonli “Afrosiyob” tezyurar poyezdi bilan yuz bergan.

Hodisadan so’ng quyidagilar aniqlangan. Temir yo‘l relslarida beton shpal yotgan bo’lgan. Bu esa favqulodda tormozlashni talab qilgan.

Mashinistlarning professional harakatlari tufayli jiddiy oqibatni oldi olindi va yo‘lovchilar xavf ostida qolmadi.

To‘xtagandan so‘ng, poyezd texnik guruh tomonidan zudlik bilan ko‘rikdan o‘tkazildi. Maʼlum darajada shikastlanganiga qaramay, poyezd keyingi harakatlanish uchun xavfsiz deb topildi va o‘z yo‘nalishini davom ettira oldi va soat 01:27 da Buxoro vokzaliga yetib keldi.

Voqea joyiga zudlik bilan «Ziyovuddin» temir yo‘l masofasi mutaxassislari, Buxoro mintaqaviy uzelining xodimlari va transport xavfsizligini taʼminlash xizmati xodimlari yetib keldi. Voqea sabablari va holatlari tekshirilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.