Husanov «Siti»ga hal qiluvchi o’yinda maydonga tushmaydi

Husanov «Siti»ga hal qiluvchi o’yinda maydonga tushmaydi

Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan «Manchester Siti» jamoasi keyingi uchrashuvni Yevropa Chempionlar ligasi doirasida «Bryugge»ga qarshi o‘tkazadi (29 yanvar, tonggi soat 01:00da).

YeCHL so‘nggi turidan o‘rin olgan o‘yin «shaharliklar» uchun suv va havodek muhim bo‘lib, jamoaning keyingi bosqichga chiqish yoki chiqmasligini hal qiladi. Afsuski, mazkur bellashuvda legionerimiz Abduqodir Husanov ishtirok eta olmaydi. Sababi, qishki transferlar oynasida yangi klubga ko‘chib o‘tgan futbolchilar faqatgina pley-offdan boshlab yangi jamoasida to‘p tepa oladi.

Xullas, Abduqodir maydonga tushishi mumkin bo‘lgan «Siti»ning navbatdagi o‘yini «Arsenal»ga qarshi APL doirasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu to‘qnashuv 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 25-yanvar kuni Husanov «Chelsi»ga qarshi o‘zining debyutini o‘tkazdi va 52 daqiqa maydonda harakat qildi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.