Pora bilan ushlangan hokim yordamchisi axloq tuzatish jazosini oldi

Pora bilan ushlangan hokim yordamchisi axloq tuzatish jazosini oldi

MAHALLIY, SURXONDARYO //MUHIM24: Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga axloq tuzatish jazosi berildi. U fuqaroga 33 mln so‘mlik imtiyozli kreditdan ikki marta olib berishni va’da qilgan.

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida fuqaroga imtiyozli kredit olib berish evaziga pul talab qilgan hokim yordamchisiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, tumandagi Yakkaterak MFYda ishlagan hokim yordamchisi fuqaroga 33 mln so‘mlik imtiyozli kreditdan ikki marta (jami 66 mln so‘m) olib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga undan 4,5 mln so‘m olgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida hokim yordamchisi tumandagi ma’muriy binolardan birida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan sud ishi JIB Qiziriq tumani sudida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan aybli deb topilib, unga JKning 45-moddasiga qo‘llanilib, 2 yil muddatga rahbarlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, oylik ish haqining 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolingan holda, 2 yil muddatga axloq tuzatish jazosi tayinlandi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.