Coca-Cola Belgiya, Lyukbazi mamlakatlardan o‘z mahsulotlarini sotuvdan qaytarib oldi

Coca-Cola Belgiya, Lyukbazi mamlakatlardan o‘z mahsulotlarini sotuvdan qaytarib oldi

Coca-Cola Belgiya, Lyuksemburg va Niderlandiyagi o‘z mahsulotlarini sotuvdan qaytarib oldi.Qayd etilishicha, bu partiyalardagi ichimliklar tarkibida xlorat miqdori me’yordagidan oshgan.

Buyuk Britaniyada ham shunday bir necha partiyadagi mahsulotlar aniqlangan, ammo ular allaqachon sotib yuborilgan. Buyuk Britaniya hududida Coca-Cola ichimliklari bilan bog‘liq shikoyatlar qayd etilmagan.

Xlorat suvni yoki oziq-ovqat sanoatini xlor asosidagi dezinfeksiya vositalari bilan ishlov berishda hosil bo‘lishi mumkin. U ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va qonni kislorod singdirish qobiliyatining cheklanishiga olib kelishi mumkin. Bu modda, shuningdek, qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi, ayniqsa bolalar va go‘daklarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Kompaniya «iste’molchilar uchun xavf darajasi judayam kam» ekanini va «o‘z mahsulotlarining sifati va xavfsizligini eng ustuvor vazifa» deb bilishini ta’kidladi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.