Janubiy Koreyada bortida 167 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot yonib ketdi

Janubiy Koreyada bortida 167 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot yonib ketdi

Janubiy Koreyada bortida 170 dan ortiq odam bo‘lgan samolyot butunlay yonib ketdi. Bu haqda 24kz yozgan.Yaxshiyamki, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari o‘z vaqtida evakuasiya qilingan va ularning barchasi tirik qolgan. Voqea Pusan aeroportida yuz bergan. Gonkongga uchayotgan samolyot havoga ko‘tarilish arafasida yonib ketgan. Yong‘in nimadan boshlangani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, bir oy avval Janubiy Koreyaning Muan shahridagi aeroportga g‘ildiraklarini pastga tushirgan holda qo‘ngan samolyot beton to‘siqqa borib urilgandan so‘ng darhol portlab, yonib ketgan edi. 181 kishidan faqat ikkitasi tirik qolgandi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.