O’zbekistonning Jahon chempionati saralashidagi bahslariga hakamlar aniq bo’ldi

O’zbekistonning Jahon chempionati saralashidagi bahslariga hakamlar aniq bo’ldi

O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Eronga qarshi uchrashuvlariga tayinlangan hakamlar ma’lum bo‘ldi.

Jahon chempionatining 2026-yilgi 3-saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasi va Eron terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

O‘zbekiston–Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvini yaponiyalik Yusuke Araki boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yun Mihara va Kota Vatanabe yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Ryo Tanimoto, VARda esa Yumpei Lida ishlaydi.

Shuningdek, Eron–O‘zbekiston uchrashuviga quyidagi hakamlar brigadasi ishlashadi:

Bosh hakam – Ahmad Abu Bakar al-Kaf, unga qanotlarda Abu Bakar Al-Amriy va Rashid Hamid Al-G‘oitiy yordam beradi. 4-rasmiy hakam Qosim Matar Al-Hatmiy, VAR hakami esa singapurlik Muhammad Taqi bin Jahariylar boshqaradi.

Eslatib o‘tamiz, OFK va Jahon chempionatiga saralash vazifasidagi 23-fevralda bo’lib o’tgan Janubiy Koreya va O’zbekiston o’yinida 3:3 hisobi bilan durrang qayd etilgan.

Isroil QURDOSHOV, tayyorladi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.