Tarixda ilk bor uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tadi

Tarixda ilk bor uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tadi

Tojikistonning Xo‘jand shahrida joriy yilning 31-mart kuni Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirokida tarixda ilk bor uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari ma’lum qilmoqda.

Shuningdek, Baysalov o‘z nutqida Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasi chizig‘i uzil-kesil kelishilganini aytib, bu voqeani “diplomatiya va siyosiy irodaning tarixiy g‘alabasi” deb atagan. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi erishilgan kelishuv Sadir Japarovning “mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi tinimsiz sa’y-harakatlari” tufayli amalga oshganini ham ta’kidlagan.

Belgilangan uchrashuvda uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.