Gvardiola Husanov haqida nimalar dedi?

Gvardiola Husanov haqida nimalar dedi?

Abduqodir Husanov to‘liq harakat qilgan uchrashuvda Manchester City mehmonda Tottenhem ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Pep Gvardiola Abduqodir haqida fikr bildirdi:

«Husanov allaqachon kiyinish xonasida yoqimtoyga aylangan. Bugun u o‘yinga hatto tish cho‘tkasi va boshqa ortiqcha narsalarsiz kelibdi. Hech narsa olmagan. Shunchaki futbol o‘ynash uchun keldi.

U bilan gaplashsangiz, faqat kulib turadi, jilmayadi. Lekin u ishonchli futbolchi.

U juda tez, judayam, judayam tezkor. To‘p bilan muomala va uzatmalarining sifati g‘ayrioddiy darajada. U hali endi 20 yoshda. Vaqt o‘tgan sari yaxshilanib boraveradi.

Undagi tezlikni shu paytgacha ko‘rmaganman. Tezkor futbolchilarni ko‘p ko‘rganman, lekin u eng yaxshilaridan biri.

Uni hamma yaxshi ko‘radi. U kamgap, mehnatkash, nolimaydi, juda kamtar. Shuning uchun ishonchim komilki, muxlislarimiz uni sevib qolishadi.

«Chelsi»ga qarshi o‘yinning dastlabki 5 daqiqasida bo‘lgan voqeadan so‘ng o‘zini o‘nglash oson emas edi, ammo u o‘zini yo‘qotmadi hamda vaziyatni yaxshiladi. So‘nggi o‘yinlarda juda yaxshi natija ko‘rsatdi», – dedi ManCity bosh murabbiyi.

O‘yindan so‘ng ManСity rasmiy sahifalarida Abduqodir Husanov ishtirokida bir nechta videolar joylandi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.