Paxtachida Kasaba Uyushmalarining hisobot-saylov jarayonlari davom etmoqda

Paxtachida Kasaba Uyushmalarining hisobot-saylov jarayonlari davom etmoqda

13-mart kuni Paxtachi tumanidagi Ixtisoslashgan maktab faollar zalida maktabning ishchi-xodimlari jam bo’ldi. Unda boshlang’ich Kasaba qo’mitasining hisobot-saylovi bo’lib o’tdi.

Unda dastlab O’zbekiston kasaba uyushmalari kasaba uyushmasining Nizomi talablari asosida Federatsiyasi Bosh kengashining 2024-yil 21-dekabrdagi «O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot – saylovlarini o’tkazish to’g’risida «gi qarori va mazkur qarorning ijrosi yuzasidan yig’ilganlarga tushunchalar berildi.

Qaror va nizomga muvofiq 2025 yil fevral-aprel oylarida, tuman kengashlarida may-iyun oylarida hisobot-saylov yig’ilishlarini o’tkazish belgilangan. O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ustavida tarmoq tashkilotlarida hisobot-saylovlar har 5 yilda bir marta o’tkazilishi, kasaba uyushmasi organlari 5 yil muddatga saylanishi belgilab qo’yilgan.

O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Paxtachi tuman bo‘linmasi kengashi bugungi kunda tumandagi 94 ta tashkilot va ularda faoliyat yuritayotgan 5384 nafar xodimlarni o‘ziga qamrab olgan. Yurtimizda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi oldidan keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

Shunga muvofiq Paxtachi tumani ixtisoslashgan maktabidagi o’tgan besh yillik ishlar hisoboti tinglandi. Shundan so’ng ochiq ovoz berish yo’li bilan Ixtososlashgan maktabning boshlang’ich kasaba qo’mitasi raisi etib Boboyev Jaxongir Bohodirovich bir ovozdan saylandi.

Tuman kengashi tasarrufidagi tashkilotlarda hisobot-saylovlar davom etmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.