Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak ushlandi

Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak ushlandi

Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi.

Yakkasaroy tumanida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida 1995-yilda tug‘ilgan Akmal Shukurov tergovdan qochib yashiringanligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») va 104-moddasi («Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish») bilan ayblanib, unga nisbatan «Qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida A. Shukuro Qozog‘iston Respublikasida qo‘lga olindi. Hozirda uni Toshkent shahriga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.