Paxtachida Navro’z sayli – tabassumlar va xushkayfiyat fotoreportajimizda

Joriy yilning 18-mart kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida katta bayram sayli o’tkazildi.

Doshqozonlarda sumalak, dasturxonlarda bahorning nozik ne’matlaridan tayyorlangan va bayramga mos milliy taomlar tashrif buyuruvchilarga tortiq qilindi.

Jajji bolajonlar, yoshlarni bir davrada jamlagan jarayon, milliycha kiyim va boshdagi do’ppilar, insonning bahri-dilini yayratadi.

O’zbekcha an’ana va urf-odatlar ham chetda qolmadi.

Saylning asosiy qismida Dilmurod Sultonovning konsert dasturi bo’ldi. Xonandaning xorazmcha raqsbop qo’shiqlari boshlanishdan tuman ahli va mehmonlarni davraga chorladi.

Eng qizig’i, Paxtachi tumanining yaqinda lavozimiga kirishgan hokim Qayum Xushbaqovning ilk bor aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvi, muloqoti bo’ldi.

Jamolbek SALOMOV, MUHIM24.uz

 

 

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.