Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi

Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi

Andijon viloyatining Asaka tumanida Matiz ikki nafar yosh bolani urib yubordi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Viloyat YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH Asaka tumani “Yuksalish” MFY hududidan o‘tgan D-105E Asaka—Humo avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yuz bergan.

Tan jarohati olgan bolalar Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng shifoxonadan javob berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.