Ayollar uchun majburiy harbiy xizmat joriy etiladi

Ayollar uchun majburiy harbiy xizmat joriy etiladi

Daniyada ayollar uchun majburiy harbiy xizmat joriy etiladi.

Joriy yilning iyul oyidan boshlab daniyalik 18 yoshga to‘lgan ayollar harbiy xizmatga chaqiriladi.

– Harbiy xizmatga chaqiruv ko‘ngillilar yetishmasligining o‘rnini to‘ldirish uchun amalga oshiriladi, – dedi mamlakat mudofaa vaziri Trels Lund Poulsen jurnalistlarga.

– Mudofaa siyosati va xavfsizlik sohasidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda qurolli kuchlarga ko‘proq askarlar jalb qilinishi kerak.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab harbiy xizmatga chaqiruv masalasida erkaklar va ayollar o‘rtasida to‘liq tenglikka erishiladi.

Dinora OMONTOSHEVA, tayyorladi

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.