Eng o‘qimishli davlatlar reytingi e’lon qilindi

Eng o‘qimishli davlatlar reytingi e’lon qilindi

Dunyoda oliy ma’lumotli aholining ulushi bo‘yicha yetakchi davlat Janubiy Koreya bo‘lib, bu mamlakatda aholining 69,29 foizi oliy ta’limni tamomlagan. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Top-10 eng o‘qimishli davlatlar:

1️⃣ Janubiy Koreya – 69,29%

2️⃣ Kanada – 66,36%

3️⃣ Yaponiya – 64,81%

4️⃣ Lyuksemburg – 63,12%

5️⃣ Irlandiya – 62,88%

6️⃣ Rossiya – 62,09%

7️⃣ Litva – 57,48%

8️⃣ Buyuk Britaniya – 57,47%

9️⃣ Niderlandiya – 55,60%

🔟 Norvegiya – 55,03%

Visevoter tahlilchilariga ko‘ra, ta’lim tizimi rivojlangan davlatlarda quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega:

✅ Yaxshi moliyalashtirilgan ta’lim dasturlari

✅ Jahon darajasidagi universitetlarning mavjudligi

✅ Ilmiy tadqiqotlarga katta e’tibor qaratilishi

O‘zbekiston ushbu reytingga kirishi mumkinmi?

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni ortib borayotgan bo‘lsa-da, hali bu ro‘yxatdan joy olmagan. Ta’lim tizimiga kiritilayotgan islohotlar natijasida kelajakda O‘zbekiston ham ushbu reytingga kirishi mumkin.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.