Endi videolarni real vaqt rejimida tarjima qilish imkoni bor

Endi videolarni real vaqt rejimida tarjima qilish imkoni bor

Videolarni real vaqt rejimida tarjima qiluvchi sun’iy intellekt ishlab chiqildi!

Til o‘rganish yoki xorijiy filmlar tomosha qilish endi yanada osonlashdi! LLPlayer – real vaqt rejimida subtitr yaratish va tarjima qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan sun’iy intellekt vositasi taqdim etildi.

Endi istalgan film, video, audiokitob yoki podkast uchun tarjimon yoki subtitr qidirishga hojat yo‘q!

LLPlayer imkoniyatlari

  • OpenAI Whisper bazasida ishlaydi – YouTube, filmlar, yuklab olingan videolar va audiokitoblarga subtitr yaratadi.
  • 100+ tilni tushunadi – istalgan videoga avtomatik subtitr qo‘shadi.
  • Real vaqt rejimida tarjima – 34 tilda tarjima va matn shaklida taqdim etadi.
  • “So‘z qidirish” funksiyasi – yangi so‘zlarni o‘rganish uchun qulay.
  • Ikki tomonlama subtitrlar – asl nutq va tarjima ekranda bir vaqtda ko‘rinadi.
  • Avtomatik konspekt yaratish – subtitrlarni matn shakliga aylantirib, qisqacha xulosa tayyorlaydi.
  • Bepul foydalanish – hech qanday to‘lov talab qilinmaydi.

LLPlayer kimlar uchun foydali?

  • 👨‍🎓 Til o‘rganuvchilar – yangi so‘z va iboralarni tushunish va eslab qolish uchun.
  • 🎬 Kino va serial ishqibozlari – istalgan film yoki serialni istalgan tilda tomosha qilish imkoniyati.
  • 📚 Tadqiqotchilar va talabalar – murakkab ma’lumotlarni tez va aniq tarjima qilish uchun.
  • 🎧 Podcast va audiokitob muxlislari – audio kontentni yaxshiroq tushunish uchun.

LLPlayer bilan til o‘rganish va xorijiy kontentdan bahramand bo‘lish yanada qulayroq!

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.