Biroq Tehron yadro dasturidan voz kechishi ehtimolini hisobga olib, zarba berish to‘g‘risidagi yakuniy buyruqni bermadi.
Yakuniy qaror qabul qilishni aynan so‘nggi soniyada amalga oshirishni yaxshi ko‘raman. Chunki hamma narsa o‘zgarib turadi, ayniqsa urush paytida… Aralashishni xohlamayman, lekin 20 yildan beri, balki undan ham ko‘proq Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini aytib kelmoqdaman. Buni uzoq vaqtdan beri ta’kidlab kelayapman va ular buni qo‘lga kiritishlariga bir necha hafta qolgan deb o‘ylayman, degan AQSH prezidenti.