Samarqandga 330 ta “Yutong” avtobuslari olib kelinadi

Samarqandga 330 ta “Yutong” avtobuslari olib kelinadi

Samarqandga Xitoydan yana 330 ta “Yutong” avtobuslari olib kelinadi

Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda “Samarqandyolovchitrans” davlat muassasasi mas’ullari Xitoyning Chenchjou shahrida bo‘lib, “Yutong” zavodida avtobuslar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

112 gektar maydonda joylashgan “Yutong” zavodi 30 ming fuqaroni ish bilan ta’minlagan. Ushbu zavod O‘zbekiston bozoriga 2012 yilda kirib kelgan bo‘lib, hozirda Samarqandda 100 dona “Yutong” elektrobusi xizmat ko‘rsatmoqda.

Xizmat safari davomida mas’ullar zavod rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi. Samarqandda elektrobuslar soni ortib borayotganidan kelib chiqib, “Yutong” tomonidan ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Samarqand shahri uchun dastlabki bosqichda 80 ta, keyinchalik yana 250 ta elektrobus xarid qilish bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi.

“Yutong” zavodi rahbariyati O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishga doim tayyor ekanligini bildirdi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.