Paxtachida va viloyatda yangi tashkil etilgan maktablarga pedagoglar saralandi

Paxtachida va viloyatda yangi tashkil etilgan maktablarga pedagoglar saralandi

Bugun, 5 avgust 2025 yil, Samarqand viloyatida yangi tashkil etilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga joylashish uchun pedagoglar test sinovlaridan o‘tishdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu sinovlarda elektron platforma orqali ariza topshirgan 629 nafar talabgor ishtirok etdi.

Test sinovlari boshlanishidan oldin viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Nosirov (sobiq Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i) so‘zga chiqib, ta’lim sohasidagi islohotlar haqida gapirdi. U zamonaviy o‘qituvchining doimiy izlanishda bo‘lishi muhimligini ta’kidladi va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan test jarayonlarida barchaga omad tiladi.

Test sinovlari 3 smenada o‘tkazildi. Muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar Ishtixon tumanidagi 96-, Nurobod tumanidagi 79-, Pastdarg‘om tumanidagi 130- va Paxtachi tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib boradilar.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.