UFC ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Irlandiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida uning siyosatga kirishga tayyorligi haqida so‘ralganida, Makgregor kerakli ovozlarni yig‘ib bo‘lganini aytdi.
“Men ovozlarni yig‘dim. Irlandiyaning chaqirig‘i eshitiladi. Men xalqning irodasi uchun bu erdaman. Mening siyosatimga qo‘shilganlar buyuk millatimizning najotkori bo‘lishadi. Ular Irlandiya ko‘chalaridan olqishlar ostida o‘tishadi. Irlandiya abadiy yashasin!” — deb yozdi Makgregor.
Ma’lumot uchun, Irlandiyada prezidentlik saylovlari shu yilning noyabr oyida o‘tkaziladi. Hozirda mamlakat prezidenti 84 yoshli Maykl Xiggins hisoblanadi.