CAFA Nations Cup: finalda eski tanishlarning yangi to’qnashuvi!

CAFA Nations Cup: finalda eski tanishlarning yangi to’qnashuvi!

Bugun Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida CAFA Nations Cup finali bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi uchrashuvda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari yuzma-yuz keladi.

So‘nggi yillarda ikki jamoa o‘rtasidagi bahslar keskin va qiziqarli o‘tmoqda. Qolaversa, oxirgi to‘rtta uchrashuvning barchasi durang bilan yakunlangan: 2:2, 0:0, 0:0 va 2:2. Bu esa final oldidan intriga va qiziqishni yanada oshirmoqda.

Qiziqarli jihati shundaki, bugungi bellashuvni FIFA prezidenti Janni Infantino ham stadiondan tomosha qiladi.