Men va’damni 3 yilda bajardim – Mirziyoyev

Men va’damni 3 yilda bajardim – Mirziyoyev

O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilingani ochiqlandi.

“E’tibor bering, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?”, dedi Prezident.

Shuningdek, sentyabrdan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshgani ta’kidlandi.

Yana yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama olishi aytildi.

“Men xalqimizga vaqti kelib o‘qituvchilarning maoshini 1000 dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana 3 yil ichida haqiqatga aylandi”, dedi Mirziyoyev.