Hokimliklar tomonidan talaba qizlarning kontrakti toʻlab beriladi.
Bu haqida Prezident tomonidan 2021-yilning 6-mart sanasida imzolangan “Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash” ga qaratilgan qarorda belgilab qo‘yilgan. Ushbu hujjatga ko‘ra, har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizlarning kontrakti davlat hokimliklari tomonidan to‘lab beriladi.
Bu tashabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda yolg‘iz onalar qizlariga katta yordam bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu imtiyoz quyidagicha taqsimlanadi:
– 40 ta o‘rin — birinchi kurs talabalari uchun;
– 100 ta o‘rin — 2-kurs va undan yuqori bosqich talaba qizlari uchun.
Kimlar ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin?
Asosiy toifalar:
– Kam ta’minlangan oilalarning qizlari (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bo‘yicha);
– yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar
– voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollar qizlari.
Qaysi hollarda kontrakt to‘lab berilmaydi?
Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan va O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarning kontrakti toʻlab berilmaydi.
Talabgorlar belgilangan mezonlarga mos kelgan holda ariza topshirib, kontrakt to‘lovini davlat hisobidan qoplatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.