Lando Norris rasman «Formula-1″ning jahon chempioni bo’ldi

Lando Norris rasman «Formula-1″ning jahon chempioni bo’ldi
Foto: www.skysports.com

Toshkent, 13 dekabr. Kecha, 12 dekabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkentdagi Humo Arena majmuasida FIA (Xalqaro Avtomobil Federatsiyasi)ning yillik taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda McLaren jamoasi vakili, britaniyalik haydovchi Lando Norris «Formula-1» haydovchilar o‘rtasidagi jahon chempionligi kubogini qo‘lga kiritdi.

26 yoshli Norris bu uning karerasidagi birinchi chempionlikdir. U 2025 yilgi mavsumda Abu-Dabi Gran-prisida 3-o‘rinni egallab, raqibi Maks Verstappen (Red Bull)dan atigi 2 ochko ortda qolib, umumiy hisobda g‘alaba qozongan edi. McLaren jamoasi esa konstruktorlar kubogini ikkinchi yil ketma-ket himoya qildi.

Marosimda chempionatning ikkinchi o‘rin egasi Maks Verstappen kasallik tufayli qatnasha olmadi va video orqali Norris va McLaren jamoasini tabrikladi. Uchinchi o‘rin sohibi, Norrisning jamoadoshi OskAR Piastri esa shaxsan kubogni qabul qildi.

FIA marosimi birinchi marta Toshkentda o‘tkazildi va unda nafaqat F1, balki boshqa FIA chempionatlarining g‘oliblari ham taqdirlandi.

Norrisning bu g‘alabasi McLaren uchun 2008 yildan (Lyuis Xemilton g‘alabasidan) keyingi birinchi haydovchilar chempionligidir. Mavsum oxirgi poygagacha qizg‘in kechdi va chempionlik Abu-Dabida hal bo‘ldi.