Foto: BBC.com
Hindistonning Kalkutta shahrida argentinalik futbolchi Lionel Messining 21 metr balandlikdagi ulkan haykali o‘rnatildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Haykalni yasash jarayoni 27 kun davom etgan bo‘lib, unga 45 nafar ustadan iborat jamoa jalb qilingan. Tantanali ochilish marosimi 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, tadbirda Messi, shuningdek, Luis Suares va Rodrigo De Polning shaxsan ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o’tamiz, futbolning yana bir afsonasi bo’lmish Ronaldo 2014-yilda Madeyra orolidagi Funchal shahridagi shaxsiy muzeyida o’zining haykalini ochgan.

