Litva poytaxti Vilnyusda minglab odamlar parlament oldida LRT davlat jamoat teleradioeshittirish kompaniyasi mustaqilligini himoya qilib, norozilik namoyishlarini davom ettirmoqda.
Hukumat koalitsiyasi taklif qilgan qonun o’zgartirishlari LRT general direktorini ishdan bo’shatishni ancha osonlashtiradi: hozirgi 12 a’zodan 8 tasi (2/3) ovoz talab qilinsa, yangi loyihada oddiy ko’pchilik yetarli bo’ladi, shuningdek, ovoz berish yashirin bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, 2026–2028 yillarda LRT byudjeti muzlatilmoqda.
Tanqidchilar, jumladan, jurnalistlar, xalqaro tashkilotlar va Prezident bu o’zgartirishlarni siyosiy bosim va media erkinligiga tahdid deb baholamoqda. 9-dekabrda 10 mingdan ortiq odam namoyishga chiqdi, hozirda uch kunlik aksiya davom etmoqda – parlament oldida lauzlar yoqilmoqda.
130 mingdan ortiq fuqaro petititsiya imzolagan. Namoyishchilar shiori: «Šalin rankas!» — «Qo’llarni torting!».
Hozircha qonun loyihasi parlamentda muhokamada, oxirgi ovoz berish yaqin kunlarda kutilmoqda. Mojaro Litvaning media erkinligi obro’siga jiddiy putur yetkazishi mumkin.
Dilnoza HAKIMOVA tayyorladi
