Rossiyada OMON O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda

Rossiyada OMON O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirib qo‘ygani aytilmoqda

‏Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Xabarovsk shahrida Samarqand viloyatidan bo‘lgan mehnat muhojiri OMON xodimlari tomonidan kaltaklanib o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar fonida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlik matbuot kotibi Ahror Burxonovning ta’kidlashicha, Xabarovsk shahrida O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani bilan bog‘liq holat yuzasidan O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi faol ish olib bormoqda. Voqea batafsil o‘rganilmoqda.

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston tomoni Xabarovsk o‘lkasi prokuraturasi, tergov organlari hamda Rossiya TIVning mintaqaviy vakolatxonasiga rasmiy notalar yuborgan. Unda voqea holatlarini har tomonlama, xolis va qonuniy tergov qilish so‘ralgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ikkinchi O‘zbekiston fuqarosi jabrlanganligi haqidagi ma’lumotlar hozircha tasdiqlanmagan. Vazirlik fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ustuvor vazifa deb bilishini ta’kidlagan.

Hozircha marhumning shaxsi va o‘lim sabablari haqida rasmiy tafsilotlar ochiq emas. Tergov natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar kutilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada mehnat faoliyatini yuritayotganida ehtiyot bo‘lishlari va huquqiy masalalarda konsulxonaga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.